Narxlar, IELTS, viza va Avstraliyada hayot haqida eng ko'p so'raladigan savollarga qisqa va aniq javoblar.
Kengurudan so'rang. U mahalliy.
Birinchi konsultatsiya — bepul. O'qishga kirish paketi — $1000 (ikki bosqichda to'lanadi). Turist — $200. SOP va resume (CV) bo'yicha yordam — soatiga $40. Narxlar AQSh dollarida va yozma shartnomada ko'rsatiladi.
Ikki qismga: $500 — oldindan, qolgan $500 — o'qishga kirganingizdan keyin.
Zoom yoki telefon orqali: Resume (CV) va SOP'ni tuzatamiz, intervyuga tayyorlaymiz (qanday savollar beriladi) va Avstraliyada ish topish bo'yicha maslahat beramiz. Narxi — soatiga $40.
Ha. Narxi — $200. Muhim: turistik viza bilan Avstraliyada ishlash mumkin emas.
Hujjat topshirish uchun shart emas. IELTS hali yo'q bo'lsa ham shartli taklif (conditional offer) olishingiz mumkin: vizaga topshirguncha IELTS (yoki PTE, TOEFL) imtihonini topshirib olsangiz bo'ldi. Kerakli ball universitet va kursga qarab farq qiladi, viza talablari esa alohida — konsultatsiyada aniqlab beramiz.
IELTS — maqsad emas, vosita. Avval universitet va kursni tanlang, keyin o'sha kurs talab qiladigan ballga tayyorlaning. Masalan, kurs 6.0 talab qilsa, 8.0 uchun yana yarim yil sarflash har doim ham o'zini oqlamaydi — yuqori ball grantni avtomatik ravishda oshirmaydi.
Biz iyul va noyabr qabullariga tayyorlaymiz. Noyabr qabuli hamma universitet va kursda bo'lmaydi — mos variantni birga tanlaymiz. Hujjatlar va ariza uchun vaqt yetishi uchun qabuldan kamida 6–12 oy oldin boshlagan ma'qul — qanchalik oldin boshlasangiz, shunchalik yaxshi.
Avstraliya bo'ylab 38 ta universitet va oliy ta'lim muassasasi bilan — Sidney, Melburn, Brisben, Kanberra, Adelaida, Pert, Tasmaniya va boshqa shaharlarda. Ro'yxatni bosh sahifada ko'rishingiz mumkin.
Viza bo'yicha maslahatni Avstraliyada ro'yxatdan o'tgan migratsiya agenti (RMA) beradi. Biz sizni ishonchli mutaxassisga yo'naltiramiz va jarayonni birga kuzatamiz.
Taxminan: talaba vizasi — 1 oydan 6 oygacha, turistik viza — 1 oydan 3 oygacha.
Ha — NAATI tarjima xizmatimiz bor: o'zbek tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan o'zbek tiliga. Narx va muddatni bilish uchun adminga yozing.
Ha. Hozirgi qoidalarga ko'ra talaba vizasi bilan o'qish davrida ikki haftada 48 soatgacha, rasmiy ta'til paytida esa cheklovsiz ishlash mumkin.
Ha! Agar bizning talabamiz bo'lib kelsangiz, aeroportda kutib olish, turar joy topish va yangi shaharda joylashishga yordam — mutlaqo bepul.
{{form.price.note}}
{{form.t.costLine}} {{form.t.costLink}}
{{form.err}}
{{form.t.kgWait}}
{{form.t.fine}}
{{form.t.doneText}}
Kengur aka{{form.t.kgDone}}
{{form.t.demo}}
{{form.t.chText}}
{{form.t.chBtn}} {{form.t.allCosts}}